Fan-texnika | 19:49 / 18.04.2016
2521
2 daqiqa o‘qiladi

Sotuvda musulmonlar va nasroniylar uchun maxsus iPhone smartfonlari paydo bo‘ldi

Caviar (dunyoga mashhur brendlarning dabdabali, lyuks namunalarini ishlab chiqaradi) kompaniyasi, diniy e'tiqodiga ko‘ra, telefondan foydalanishni xohlagan musulmon va nasroniylarga imkoniyat yaratdi. Kompaniya qayta ishlangan iPhone’larni taqdim etdi.

Caviar vakillarining fikricha, ularning yangi ijodi hech kimning diniy e'tiqodini haqoratlamasligiga ishontirmoqda.

Yangi to‘plam ikki xil namunada taklif etiladi. iPhone’ning birida Nikolay Chudotvorets, ikkinchi namunasida Makkadagi Masjidul Harom tasvirlangan.

Makka shahriga bag‘ishlangan telefon ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi, biri oltin qoplamali bo‘lsa, yana biri platina bilan qoplanadi. Diniy e'tiqodi jihatidan oltin qoplamali telefonni xarid qilish istagida bo‘lmaganlar, platinali telefonni xarid qilishlari mumkin bo‘ladi.

Oltin qoplamali, 64 Gbli iPhone narxi 199 000 rubl (2990 dollar) etib belgilangan bo‘lsa, ayni shunday telefonning platina bilan ishlov berilgani 194 000 rubl (2915 dollar)ga sotiladi.