Sport | 22:04 / 18.04.2016
1456
1 daqiqa o‘qiladi

Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, Messi Ronaldudan 40 mln yevroga qimmatligi ma'lum qilindi

Valensiya politexnika universitetida futbolchilarning qiymati bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijasida ma'lum bo‘lishicha, «Barselona» futbol jamoasining argentinalik hujumchisi Lionel Messining asl transfer narxi 141 million yevro va uning ko‘rsatkichi «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduning ko‘rsatkichidan 40 mln yevro ko‘p (101 mln yevro). Bu haqda Terra xabar tarqatgan.

Tadqiqotda gollar, uzatmalar, qizil kartochkalar, jamoa bilan o‘ynash qobiliyati inobatga olindi. Bundan tashqari, Messi va Ronalduning ko‘rsatkchilari «Real» vakillari Garet Beyl va Xames Rodrigez, «Barselona» futbolchilari Luis Suarez va Neymarning ko‘rsatkchilari bilan taqqoslandi.

Joriy mavsumda Ronaldu Ispaniya chempionatining 33 uchrashuvida 31 gol urgan va 11ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Messi esa jamoasi bilan 28 uchrashuvda maydonga tushib, 23 gol urgan hamda 10 marta sheriklarini golli pas bilan ta'minlagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish