Sport | 20:52 / 18.04.2016
1697
1 daqiqa o‘qiladi

«Tottenhem» murabbiyi «Arsenal» futbolchisini o‘ziga yordamchi qilib olmoqchi

«Shpor»lar jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoaning ashaddiy raqibi bo‘lmish «Arsenal»ning 34-yoshli ispaniyalik xavbekini o‘ziga yordamchi qilib olmoqchi.

Pochettino va Arteta o‘z vaqtida (2000-yillar boshida) «Pari Sen-Jyermen» safida birga o‘ynashgandi.

«U menga yoqadi, men bilan ishlash unga ham ma'qul kelsa kerak. Siz bizning «PSJ» bilan bog‘liq tariximizni bilsangiz kerak, o‘shanda u 17 yoshda edi, men jamoa sardori bo‘lganman.

Bizda do‘stona munosabatlar saqlanib qolgan», – deydi Pochettino.

Bundan avvalroq, joriy mavsum yakunida jamoa bilan shartnomasi yakunlanadigan Arteta Xosep Gvardiola boshqaruvidagi «Manchester Siti» jamoasida ish boshlashi mumkinligi haqida xabar berilgandi.