Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toyota Yaponiyadagi zilziladan keyin avtomobillar yig‘ishni to‘xtatdi
Toyota Motor avtomobilsozlik kompaniyasi Kyusyu orolidagi zilzilalardan keyin butlovchi qismlar yetkazib berish bilan yuzaga kelgan muammo sababli Yaponiyadagi avtomobil yig‘ish korxonalari ishini vaqtinchalik to‘xtatmoqda.
"14 aprelda va undan keyingi kunda Kyusyu orolida yuz bergan kuchli zilzilalar oqibatida butlovchi qismlar yetishmayotgani sababli Toyota 18 apreldan 23 aprelgacha o‘zining yig‘uv liniyalaridagi ishni to‘xtatmoqda", deyilmoqda kompaniya bayonotida.
20 aprelda korporatsiya ishini qachon yana qayta boshlashi haqida qaror qabul qilinadi. Korporatsiya faoliyatidagi to‘xtashlar avtomobil ishlab chiqarish hajmini 50 mingtaga qisqarishiga olib keladi, deb yozmoqda Nikkei nashri.
14-15 aprel kunlari Yaponiyaning Kyusyu orolida bir qator zilzilalar yuz berdi, ulardan eng kuchlisi 7,3 magnitudali zilzila bo‘ldi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra zilzila oqibatida 42 kishi halok bo‘lgan, 11 kishi bedarak yo‘qolgan.
Zilzila oqibatida oroldagi ko‘plab korxonalar ishi to‘xtab qoldi. Ular orasida Toyota’ga butlovchi qismlar yetkazib beruvchi Aisin Seiki kompaniyasi ham bor.