Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urugvayda 7 kishi tornado va suv toshqinlari qurboniga aylandi
O‘tgan 3 kun mobaynida Urugvayda yoqqan kuchli yomg‘irlar ortidan kelib chiqqan suv toshqinlari va tornado tufayli 7 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda mamlakat prezidenti Tabare Vaskes xabar qilgan.
Shuningdek, 2057 nafar kishi o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgan.
Bu tabiiy ofatlardan eng ko‘p miqdorda mamlakat janubi-g‘arbidagi Soryano departamentida joylashgan Dolores shahri zarar ko‘rgan. Bu shaharda 15 aprel kuni tornado tufayli 4 kishi halok bo‘lgan va 200dan ortiq kishi jarohatlangan. Shahardagi yuzlab uylar jiddiy shikastlangan. 5 kishi marodyorlik (kafanduzd - yaradorlarni talovchi odam) uchun hibsga olingan.
17 aprel kuni Urugvayda Doloresdagi qurbonlar xotirasi uchun motam sifatida e'lon qilindi. Mamlakat prezidenti fojia hududiga tashrif buyurgan va vayron bo‘lgan uylar hamda infratuzilmani tiklashga va'da qilgan.
Shuningdek, Rocho, Serro-Largo hamda Kanelones shaharlarida 3 kishi tabiiy ofat qurbonlariga aylangan. Urugvayning bir qancha hududlari elektr ta'minotidan uzilib qolgan.