2015 yilda Qirg‘iziston armiyasida 10 nafar harbiy halok bo‘lgan
Qirg‘iziston armiyasida 2015 yil davomida 10 nafar, 2014 yilda 13 nafar harbiy xizmatchilarning o‘lim holatlari qayd etilgan. Bu haqda bugun – 19 aprel kuni “Kylym shamy” jamoatchilik fondi direktori Aziza Abdurasulova ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday favqulodda holatlarga muammolar to‘g‘risida o‘z vaqtida ogohlantirmaslik yoki hal qilmaslik, mas'uliyatsizlik, sovuqqonlik sabab bo‘lmoqda.
Qirg‘iziston Respublikasi harbiy kuchlari Bosh shtabi ma'lumotiga ko‘ra, 2015 yilda bir ofitser va bir askar o‘z joniga qasd qilgan.
“Avvallari bu ko‘rsatkichlar baland edi, so‘nggi yillarda kamayish kuzatildi. Barcha dalillar bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda. Surishtiruv natijasida kerak bo‘lsa, mansabdor shaxslarni xizmatdan chetlashtirish va haydash choralari ko‘riladi. 2015 yilda Bosh shtabning 15 nafar mansabdor shaxslari (komandir, nachalnik) muammolarni o‘z vaqtida hal qilmaganligi, oldini olmaganligi sababli o‘z mansabidan chetlatilgan”, - deyiladi Bosh shtab ma'lumotida.