Iqtisodiyot | 11:36 / 19.04.2016
2819
1 daqiqa o‘qiladi

2016 yilning 1-choragida 8,48 ming kichik biznes sub'yektlari tashkil qilindi

O‘zbekistonda 2016 yilning yanvar-mart oylarida 8480ta kichik biznes sub'yektlari tashkil etilgan (dehqon va fermer xo‘jaliklari inobatga olinmagan). Bu haqda O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma'lum qildi.

Natijada 2016 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, faoliyat yuritayotgan kichik biznes sub'yektlarining 211,35 mingtaga yetdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,4 foizga ko‘p.

2016 yilning yanvar-mart oylarida kichik biznes sub'yektlari va xususiy tadbirkorlar tomonidan iqtisodiyotda 3235,9 milliard so‘m miqdorida sarmoyalar o‘zlashtirilgan. Bu respublika bo‘ylab muomalaga kiritilgan sarmoyalar umumiy miqdorining 40,2 foizini tashkil etadi.

Shuningdek, kichik biznes sub'yektlari va xususiy tadbirkorlar 4072,6 milliard so‘mlik qurilish ishlarini olib borishgan. Bu Respublika bo‘yicha amalga oshirilgan qurilish ishlari umumiy hajmining 68,4 foizini tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17,6 foizga ortiq.