Jamiyat | 10:50 / 19.04.2016
1937
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik yigit Garri Potterdagi xarita yordamida sevgilisining qo‘lini so‘radi

AQShda yashovchi Evan Onushkanich o‘z sevgilisi Kelsi Deyvisni Garri Potter olami va munosabatlarining besh yillik tarixi asosida yaratilgan “maroderlar xaritasi” orqali o‘z sevgilisi Kelsi Deyvisni qo‘lini so‘radi.

Bu haqida BuzzFeed xabar beradi.

Yigitning so‘zlariga ko‘ra, xaritani chizish g‘oyasi unda sehrgar-bolakay hikoyasi asosida qurilgan “Garri Potterning mo‘'jiza olami” ko‘ngilochar bog‘iga tashrif buyurganidan so‘ng paydo bo‘lgan. Kitobga chizilgan sehrli xarita Xogvarts qasri va unga tashrif buyurgan barcha mehmonlarni  qayerda bo‘lishlaridan qat'i nazar ko‘rsatib turadi.

Evan esa o‘z xaritasida qaylig‘i bilan birga o‘qigan maktab va kollejni, shuningdek, ular ilk bor uchrashuvga chiqqan qahvaxonani tasvirlagan.

Keyin esa u Reddit tarmog‘iga suratni joylashtirib, Kelsi aynan xarita sxemasida chizilgan joyda rozilik bildirganini qayd etgan. Juftlik nikoh marosimlarini ham Joan Rouling kitobidagi obekt va mavzulardan foydalangan holda o‘tkazishni rejalashtirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish