Jahon | 16:56 / 19.04.2016
1223
1 daqiqa o‘qiladi

AP: AQShdagi aksar qochqin-bolalar noqonuniy muhojirlar bilan istiqomat qiladi

AQShga yakka holda kirib kelgan qochqin bolalarning yarmidan ortig‘i mamlakatda noqonuniy maqomga ega katta yoshli kishilarga qo‘shilgan va ular bilan birga kun kechirmoqda. Bu haqda Associated Press agentligi xabarida yozilgan.

AQSh sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vazirligi tarqatgan ma'lumotlarga ko‘ra, 2014 yilning fevralidan 2015 yil sentabriga qadar kirib kelgan 71 ming qochqin bolalarning 80 foizi mamlakatda yuridik hujjatlarsiz istiqomat qiluvchi katta yoshli kishilar ixtiyoriga topshirilgan.

Bunda bolalarning 6 foizi, mamlakatda 10 yildan ko‘proq muddat mobaynida yashash va ishlash huquqiga ega kishilar qaramog‘iga tushgan.

Bundan avvalroq, 2015 yilda Germaniyada 6 ming nafar qochqin bola bedarak yo‘qolgani xabar qilingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish