Jamiyat | 21:19 / 19.04.2016
4751
2 daqiqa o‘qiladi

Bektemir tumanida "Ixtisoclashtirilgan bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar Mehnat bosh boshqarmasi hamda Bektemir tuman xokimligi tomonidan, 2016 yilning 15 aprel kuni mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda "Ixtisoclashtirilgan bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari yarmarkasi” o‘tkazildi.

Aholi bandligini ta'minlash, ayniqsa, ayollar, yoshlar, chet eldan qaytib kelgan mehnat migrantlari va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish, oilalarning moddiy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashish va korxonalarni kerakli kadrlar bilan ta'minlash maqsadida hududiy prokuratura organlari, Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi, Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati tuman kengashi hamda kasb-hunar kollejlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda 32 korxona-tashkilotlar bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdilar.

Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasiga asosiy ish beruvchi korxonalardan O‘zbekiston badiiy jamoalar direksiyasi, Halq bankining filiali, O‘zbekiston milliy bankining tuman filiali, Toshkent shahar Davlat veterinariya boshqarmasi, Toshkent shahar IIBB Tibbiyot bo‘limi ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi.

Tadbir doirasida tashkilotchilar va mutaxassislar tomonidan fuqarolar bilan mehnat qonunchiligi, ularning huquqiy bilimini oshirish borasida suhbatlar o‘tkazildi.