Sport | 15:33 / 19.04.2016
2248
1 daqiqa o‘qiladi
Dmitriy Shokin Osiyo chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritdi
Filippin poytaxti Manila shahrida taekvondoning WTF yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi.
Musobaqada o‘zbekistonliklar orasida birinchi bo‘lib bahslarga kirishgan amaldagi jahon chempioni Dmitriy Shokin o‘z vaznida dunyoning tengsiz sportchisi ekanligini yana bir bora isbotladi va Osiyo chempionatining oltin medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bergan.
O‘zbekiston terma jamoasi yetakchilaridan yana biri Jasur Boyqo‘ziyev esa qit'a chempionatining bronza medali sovrindori bo‘ldi.
Osiyo chempionati davom etmoqda.