Jamiyat | 19:54 / 19.04.2016
3825
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng qari it 30 yoshida nobud bo‘ldi

Avstraliyada dunyoda eng qari it deb hisoblangan it nobud bo‘ldi. Uning yoshi 30da edi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.

Bu itning laqabi Meggi bo‘lib, u Avstraliya kelpisi zotiga mansub edi. U Varrnambulda (Viktoriya shtati), Brayan Maklaren ismli fermerning uyida yashagan.

Meggi o‘limidan bir necha hafta avval sog‘lom bo‘lgan, odatdagidek sayr qilib, itlarga xos tarzda mushuklarga irillab yurgan. Itning ahvoli umrining oxirgi ikki kunida yomonlashgan.

"Biz a'lo darajadagi do‘stlar edik, usiz biroz qayg‘uli", deb aytdi Maklaren. Fermer itni o‘zining boshqa iti go‘ri yoniga ko‘mdi.

Meggi dunyodagi eng qari it nomini olishga da'vogarlik qilgan, biroq fermer uning asl hujjatlarini yo‘qotib qo‘ygani sabab uning "ulug‘ yoshdaligi" rasman tasdiqlanmagan.

Ayni vaqtda rasman tan olingan dunyodagi eng qari it ham Avstraliyada yashaydi. Uning laqabi Blyui bo‘lib, hozirda 29 yoshu 5 oylik.