Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekvador prezidenti zilziladan ko‘rilgan talofatni 2-3 mlrd dollarga baholadi
Ekvador prezidenti Rafael Korrea mamlakatda yuz bergan zilzila oqibatida ko‘rilgan talofat 2-3 mlrd dollarni tashkil qilganini aytgan. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Korrea bu haqda fojia hududiga tashrif buyurgandan keyin aytgan. U zilziladan ko‘rilgan talofat mamlakatning yalpi ichki mahsulotining 2-3 foizi atrofida bo‘lishi mumkin, deb qo‘shimcha qilgan.
"Keling o‘zimizni aldamaylik, bu barcha kuchni talab qiladigan uzoq davom etadigan ish bo‘ladi. Vayronagarchiliklarni ko‘p yillar davomida tiklashga, milliard dollar investitsiyalar qilishga to‘g‘ri keladi", deb aytdi Korrea.
Mamlakat hukumatida fojia oqibatlarini bartaraf etish uchun turli kreditorlardan zudlik bilan 600 mln dollar jalb qilingani ma'lum qilindi.