Jahon | 10:00 / 19.04.2016
1786
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘anni tanqid qilgan satirik bilan bog‘liq mojaro ortidan Merkelning reytingi tushib ketdi

Germaniya teleboshlovchisi va satirik Yana Bemerman nemis televideniyesida Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an haqida haqoratli mazmundagi she'r o‘qigan edi. Mamlakat kansleri Angela Merkel satirikka nisbatan jinoiy surishtiruv ishi boshlashga ruxsat bergach, uning reyting darajasi keskin pasayib ketdi.

Infratest Dipmap ijtimoiy instituti o‘tkazgan so‘rov natijasi shuni ko‘rsatadiki, Merkel olib borayotgan siyosatni 45 foizgina odam qo‘llab-quvvatlaydi.

Bemermenga nisbatan jinoiy ish ochishga ruxsat berilmasidan avval esa 56 foiz fuqaro Merkel tarafdori edi.

Die Zeit nashrining aniqlashicha, Germaniya kansleri mansabini egallab kelayotgan 10 yildan ortiq muddat davomida Merkelning obro‘si birinchi marta shu qadar pastlab ketdi.