Sport | 16:31 / 19.04.2016
1507
1 daqiqa o‘qiladi

Figu: «Barselona»ni meni yetarli darajada e'tirof etishmagani uchun tark etganman

Kataloniyaning «Barselona» va Madridning «Real» klublari sobiq yarimhimoyachisi Luish Figu yana bir bor o‘z vaqtida nima sababdan Kataloniya jamoasini tark etgani va «qaymoqranglilar» safiga qo‘shilgani borasidagi savolga javob qaytardi.

«Men «Barselona»ni oilaviy va iqtisodiy sabablarga ko‘ra tark etishga qaror qilganman. Shuningdek, bu yerda meni e'tirof etishmagani ham bunga sabab bo‘lgan», — deya Figuning so‘zlaridan iqtibos keltiradi El Mundo Deportivo.

Figu «Real» sharafini 2000-2005 yillarda himoya qilgan. «Barselona» safida esa 1995 yildan 2000 yilga qadar harakat qilgan va so‘nggi yillarda jamoani sardor sifatida maydonga olib chiqqandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish