Sport | 20:01 / 19.04.2016
1813
1 daqiqa o‘qiladi

Istanbul politsiyasi "Fenerbahche" jamoasi vakillarini kelishilgan uchrashuvlarda gumon qilib hibsga ola boshladi

Istanbul politsiyasi "Fenerbahche" jamoasi rahbariyati a'zolari va bir necha futbolchilarini kelishilgan uchrashuvlar o‘tkazishda ayblab, hibsga oldi. Bu haqda Associated Press xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, politsiya jami 64 nafar kishini kelishilgan uchrashuvlarga aloqadorlikda gumon qilib qo‘lga olgan, shundan 38 nafari "Fenerbahche" jamoasi vakillari sanalishadi. Hibsga olinganlar orasida bir sobiq politsiyachi, jurnalist va advokat bor. Ular o‘zgalarning telefon qo‘ng‘iroqlarini noqonuniy ravishda tinglashda ayblanadi.

2011 yilda "Fenerbahche" Turkiya chempionati doirasida kelishilgan uchrashuvlar o‘tkazilgani bo‘yicha tekshiruvlar doirasida YeChLdan chetlashtirilgandi. Turkiya politsiyasi o‘shanda 30 nafarga yaqin kishini qo‘lga olgandi. Ular qatorida jamoa prezidenti Aziz Yildirim, vitse-prezident Sekip Mosturo‘g‘li hamda futbolchilar Emmanuel Emenike va Sezer Oztyurk ham bo‘lib, keyinchalik ularning barchasi oqlangandi.