Jahon | 20:15 / 19.04.2016
1626
1 daqiqa o‘qiladi
Istanbulda nemis jurnalisti ushlandi
Istanbul aeroportida turk xavfsizlik xizmatlari ARD telekompaniyasining nemis muxbiri Folker Shvenkni ushlashdi, deb xabar bermoqda SWR teleradiokompaniyasiga iqtibos keltirgan holda Deutsche Welle nashri.
Ma'lum qilinishicha, Shvenk Turkiyaga Suriya chegarasiga yetib olish uchun kirmoqchi bo‘lgan. Shvenk chegarada suriyalik qochqinlar bilan suhbatlashmoqchi bo‘lgan.
Jurnalistga ushlanishi sabablari tushuntirilmagan. Ayni vaqtda u aeroportning deportatsion xonasida ushlab turilibdi.
Bu voqea haqida Germaniya tashqi ishlar vazirligi va Germaniya elchixonasiga xabar berilgan.