Jokovich va Uilyams Laureus talqiniga ko‘ra yil sportchilari deb topildi
Berlin shahrida Laureus sport akademiyasining sportchilar uchun mukofotlarni topshirish marosimi o‘tkazildi.
Yilning eng yaxshi erkak va ayol sportchisi nominatsiyasida mos ravishda dunyoning birinchi raqamli tennischilari Novak Jokovich hamda Serena Uilyams g‘olib bo‘lishdi.
The Laureus World Sportsman of the Year is Novak Djokovic! #LWSA16 pic.twitter.com/npoCTtZEax
— Laureus (@LaureusSport) 18 aprelya 2016 g.
Serbiyalik Jokovich qatorasiga ikkinchi marotaba ushbu nufuzli sovrinni qo‘lga kiritdi. Amerikalik Serena Uilyams esa uchinchi bor sovrin sohibasi bo‘ldi. U 2003 va 2010 yillarda ham Laureus mukofotiga loyiq ko‘rilgan edi.
The Laureus World Sportswoman of the Year is Serena Williams!
— Laureus (@LaureusSport) 18 aprelya 2016 g.
#LWSA16 pic.twitter.com/noODZ7vIWc
Laureus World Sports Awards.
«Eng yaxshi Action-sportchi» — Yan Frodeno (Germaniya), triatlon
«Yil kashfiyoti» — Jordan Spayyet (AQSh), golf
«Yil qaytishi» — Den Karter (Yangi Zelandiya), regbi
«Asr yutug‘i» — Niki Lauda (Avstriya), «Formula-1»
«Yilning eng yaxshi nogiron sportchisi» — Daniel Dias (Braziliya), suzish
«Sport va ezgulik» — Moving the Goalposts (Keniya), ayollar futboli
«Yil jamoasi» — Regbi bo‘yicha Yangi Zelandiya jamoasi
«Sport qalbi» — Yohan Kroyff (Niderlandiya), futbol — vafot etgan
«Yilning eng yaxshi ayol sportchisi» — Serena Uilyams (SShA), tennis
«Yilning eng yaxshi erkak sportchisi» — Novak Djokovich (Serbiya), tennis.