Jahon | 11:09 / 19.04.2016
1709
1 daqiqa o‘qiladi
Kobuldagi AQSh elchixonasi yaqinidagi portlash tufayli qurbon bo‘lganlar borligi ma'lum qilindi
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anining ma'lum qilishicha, mamlakat poytaxti Qobul shahri markazida yuz bergan navbatdagi portlash oqibatida qurbon bo‘lganlar va jarohatlanganlar bor. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatdi.
Qurbonlar va jarohatlanganlarning aniq miqdori keltirilmagan.
Bu hujum Afg‘oniston xavfsizlik agentligi ofisiga qaratilgan bo‘lgani aytilmoqda.
Prezident saroyi bu hujumni qoralab, o‘z "afsusini bildirgan".
Bundan oldinroq, shahardagi AQSh elchixonasi yaqinida portlash yuz bergani xabar qilingandi.
Guvohlar uzoqdan elchixona joylashgan hudud osmonida qalin tutun hosil bo‘lganini ko‘rishgan.