Marsel Desayi: «Zidanni yaxshi ko‘raman, biroq «Atletiko» va «Manchester Siti» YeChL finalida o‘ynashga munosibroq»
Fransiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Marsel Desayi Yevropa chempionlar ligasi finalida Madridning «Atletiko» va Angliyaning «Manchester Siti» jamoalari ishtirokidagi o‘yinni ko‘rishga qarshi emasligini bildirib o‘tdi.
«Men hozirda «Real»ni boshqarayotgan Zidanni yaxshi ko‘raman. Ammo «Atletiko» va «Manchester Siti» ham finalda o‘ynashga munosib bo‘lgan jamoalar. «Atletiko» chempionlar ligasi finalida o‘ynashga ulgurdi, «Manchester Siti» esa — yo‘q», — deya Desayidan iqtibos keltiradi Bernabeu Digital.
Eslatib o‘tamiz, «Real» «Manchester Siti» bilan dastlabki uchrashuvni 26 aprel kuni mehmonda o‘tkazadi. Javob uchrashuvi 4 mayga belgilangan. «Atletiko» esa 27 aprel kuni o‘z uyida «Bavariya»ni qabul qilsa, ikkinchi uchrashuv 3 may kuni Germaniyada bo‘lib o‘tadi.