Sport | 21:31 / 19.04.2016
1575
2 daqiqa o‘qiladi

OChL, 5-tur. «Nasaf» o‘z maydonida «Al-Ayn» bilan durang o‘ynadi

Qarshining «Nasaf» klubi Osiyo Chempionlar Ligasi «D» guruhi 5-tur bahslari doirasida 19 aprel kuni o‘z maydonida BAAning «Al-Ayn» jamoasini qabul qildi. Uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi.

O‘yinning 1-daqiqasidayoq hisob ochildi. Artur Gevorkyan tomonidan amalga oshirilgan burchak zarbasidan so‘ng «Nasaf» himoyachisi Maqsud Karimov «Al-Ayn» darvozasini aniq nishonga oldi. Mehmonlar vakili Aspirilya esa 32-daqiqada hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limda hisob o‘zgarmay qoldi.

Shu tariqa, qarshiliklar bir ochkoga ega bo‘lishdi. 5-turdan keyin «Al-Ayn» 7 ochko bilan guruhda 2-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, «Nasaf» hisobida 5 ochko mavjud. Endi barchasi javob o‘yinida hal bo‘ladi. Jamoa guruhdan chiqish uchun nazariy jihatdan imkoniyat saqlab qolmoqda.

OChL-2016
"D" guruhi, 5-tur.
«Nasaf» (O‘zbekiston) – «Al-Ayn» (BAA) 1:1
Qarshi, “Markaziy” stadion. 10952 tomoshabin
Gollar: Maqsud Karimov (1), Danilo Asprilla (32)

«Nasaf»: Eldor Suyunov, Shuhrat Muhammadiyev, Ildar Mamatkazin, Maqsud Karimov, Saydullo Rahmatov, Artur Gevorkyan, Dilshod Rahmatullayev, Aziz G‘aniyev, Bahrom Abdurahimov, Azamat Allaniyazov (Sharof Muhitdinov, 73), Bobir Abdixoliqov.
«Al-Ayn»: Xolid Isa, Ismoil Ahmad, Felipe Bastos, Duglas, Umar Abdulrahmon, Diaki Ibrohim (Ahmad Barman, 62), Mohanad Salim, Muhammad Ahmad, Li Myong Ju, Muhammad Fayoz, Danilo Asprilla (Rashid Isa, 77).

Ogohlantirishlar: Diaki Ibrohim 7, Felippe Bastos 49, Ismoil Ahmad 50.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish