Jamiyat | 18:51 / 19.04.2016
3002
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar Freddi Merkyurining ovozi sirini fosh qilishdi

Avstriya, Chexiya va Shvetsiyaning akustika bo‘yicha mutaxassislari Queen guruhi solisti Freddi Merkyurining arxivdagi qo‘shiqlarini tahlil qilib chiqishdi va uning ovozi aynan nimasi bilan ajralib turishini aniqlashdi. Izlanishlar natijasi Logopedics Phoniatrics Vocology jurnalida bayon qilingan.

Olimlar qo‘shiqchining ovozi to‘rt oktavaligi haqidagi mish-mishni tasdiqlashmadi.

"Freddi Merkyurining ovozi - katta yoshli sog‘lom kishi uchun me'yor hisoblanadi - undan ko‘p ham, kam ham emas", - deb yozadi maqola muallifi voksolog Kristian Herbst.

Merkuriy o‘z ovozini mohirona boshqarib, tenor sifatida kuylovchi bariton bo‘lgan. Uning opera yulduzi Monserrat Kabale bilan baritonda duet kuylash taklifini rad etgani ma'lum. Merkyuri muxlislari uning ovozini "bariton" sifatida tanimay qolishlaridan qo‘rqqan.

Bundan tashqari, olimlar Merkyurining "qichqiruvchi" ijrosi paytidagi ovozining buzilishini o‘rganib chiqishdi.

Olimlar bugungi kun qo‘shiqchisidan Merkyurining ijro etish uslubini o‘xshatib berishi so‘rashgan va voksologlar uning kekirdagini bir soniyada 4 ming kadr tezligida videotasmaga yozishgan.

Ayon bo‘lishicha, Queen guruhi solisti deyarli tuvin qo‘shiqchiligi ustalarining manenrasida kuylagan: unda nafaqat ovoz, balki qorincha burmalari ham ham ishtirok etgan. Shuningdek, Merkyurini o‘ziga xos noravon va tez vibrato ajratib turardi.

Queen - 1970 yillarning o‘rtalarida katta shuhrat qozongan va rok musiqasi tarixidagi eng omadli guruhlardan biri. Guruh tarkibi: Jon Dikon, Brayan Mey, Rojyer Teylor va Freddi Merkyuri — vokal ijrochisi va 1991 yilga qadar guruhning "yuzi".