O‘zbekiston iqtisodiyotida davlat ishtiroki davlat ulushlari va aktivlar sotilishi hisobiga qisqarmoqda
O‘zbekistonda joriy yilning birinchi choragida 178ta davlat aktivlari 216 milliard so‘mlik sarmoya kiritish majburiyati bilan xususiy mulkdorlar ixtiyoriga o‘tkazilgan.
Ustav jamg‘armasida davlat ulushi bo‘lgan aksionerlik jamiyatlari soni 2015 yilgi 378tadan 209tagacha qisqardi.
Vazirlar mahkamasining 2016 yil birinchi choragida respublika ijtimoy-iqtisodiy rivojlanish natijalariga bag‘ishlangan majlisda aksionerlik jamiyatlari ustav kapitallari va korporativ boshqaruvga xorijiy sarmoyadorlarni jalb etish, shuningdek, iqtisodiyotda davlat ishtirokini davlat ulushlari va aktivlarini, jumladan "nol" qiymatida sotish orqali tubdan qisqartirish masalalari hamda mamlakatni 2016 yilda iqtisodiy rivojlantirish dasturidan kelib chiqadigan muhim yo‘nalishlar va istiqbollari muhokama qilindi.