Jahon | 15:41 / 19.04.2016
1445
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Qatar amiri bilan telefon orqali Doha uchrashuvi to‘g‘risida so‘zlashdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Qatar amiri Tamim ibn Hamad Al-Toniy telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Bu haqda Kreml saytida ma'lum qilindi.

“Rahbarlar 17 aprel kuni Dohada bo‘lib o‘tgan neft qazib oluvchi mamlakatlar vakillari uchrashuvi natijalari xususida gaplashdi”, -deyiladi Kreml xabarida.

Suhbat Qatar tashabbusi bilan tashkillashtirilgan.