Iqtisodiyot | 12:22 / 19.04.2016
2166
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoy markaziy banki mamlakat moliya tizimiga salkam 14 mlrd dollar kiritdi
XXR Xalq banki (markaziy banki) mamlakat moliya tizimiga 90 mlrd yuan (13,89 mldr dollar) kiritdi. Bu mablag‘lar RePO (belgilangan qiymatda qayta sotish sharti bilan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish) usulida muomalaga chiqarilgan. Bu haqda markaziy bank rasmiy veb sahifasida xabar qilingan.
Xalq banki RePO amaliyotini 7 kun muddatga 2,25 foizlik daromad bilan amalga oshirgan. Bunga banklararo likvidlik darajasini bir me'yorda saqlash zarurligi sabab qilib ko‘rsatilmoqda.