Jahon | 16:25 / 20.04.2016
1419
1 daqiqa o‘qiladi

2025 yilda Niderlandiyada benzin va dizelda yuradigan avtomobillar harakatlanishi taqiqlanadi

Niderlandiya quyi palatasi mamlakatda benzin va dizel yonilg‘isi bilan ishlovchi avtomobillar harakatini 2025 yilga kelib taqiqlash borasidagi qonun loyihasini tasdiqladi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.

Qonun loyihasini kuchga kirishi uchun u senat tomonidan ham tasdiqlanishi kerak.

Qabul qilingan qonun loyihasiga muvofiq gap barcha avtomobillar haqida bormayapti, aksincha, yangi mashinalar nazarda tutilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish