Jahon | 11:02 / 20.04.2016
1911
1 daqiqa o‘qiladi
Afg‘oniston tog‘larida 6,1 balli zilzila qayd etildi
Afg‘onistonning tog‘li tumanlarida 6,1 magnitudali zilzila qayd etilgan. Bu haqda Qozog‘iston Ta'lim vazirligi qoshidagi fan bo‘yicha ilmiy-tajribaviy ekspeditsiya qo‘mitasi saytida xabar berilgan.
Manbada aytilishicha, yer silkinishi o‘chog‘i 90 km chuqurlikda joylashgan, uning energetik toifasi 12.
O‘z navbatida, AQSh Geologik xizmatlar saytida bu hududda o‘chog‘i 218,8 km chuqurlikda bo‘lgan 4,8 magnitudali zilzila ro‘y bergani qayd etilgan.
Zilzila epimarkazi mamlakat shimoli-sharqidagi Tohar viloyatining Talukon shahridan 59 km masofada joylashgan.