Jahon | 00:45 / 20.04.2016
1568
2 daqiqa o‘qiladi

Berni Sanders Manxetten shahrida bo‘lib o‘tgan Verizon kompaniyasi ishchilarining namoyishida takroran ishtirok etdi

Bir necha kun avval bo‘lib o‘tgan Verizon kompaniyasi ishchilarining namoyishida qatnashgan Berni Sanders Manxetten shahrida bo‘lib o‘tgan keyingi piketda ham takroran ishtirok etdi. Siyosatchi va namoyish qatnashchilari kompaniyani ochko‘zlikda va bir necha “Amerika ishchilarining ko‘chaga uloqtirishda” ayblashdi. Verizon kompaniyasining deyarli 40000 nafar ishchilari mehnat shartnomalari bo‘yicha muzokaralar kelib chiqishi, ish o‘rnidan ayrilish xavfi tufayli va kompaniya rahbarining o‘rtacha ishchidan 300 marta katta bo‘lgan moliyaviy mukofotlanishiga qarshi namoyish uyushtirishdi.

Ammo Verizon kompaniyasi rahbarining ta'kidlashicha, ular ommaviy ishdan bo‘shatish yoki xorijga ishchilarni jo‘natishni maqsad qilmagan. “Biz faqatgina samaradorlikni oshirish uchun ko‘plab odamlarni ish bilan ta'minlaydigan qo‘ng‘iroq markazlarimizni birlashtirmoqchimiz”, - deydi rahbar.

“Lekin uning so‘zlari vaqtinchalik ishdan ozod etishlar bo‘ladi, degani emasmi?”, - deb izoh berdi Fast Company nashri.