Jamiyat | 12:20 / 20.04.2016
2249
2 daqiqa o‘qiladi

«Chegara bilmas muxbirlar» «yangi tashviqot davri» kelganidan ogohlantirdi

«Chegara bilmas muxbirlar» huquqni himoya qilish xalqaro tashkiloti o‘tgan yili butun dunyo bo‘ylab so‘z erkinligi davri boshlanganini ma'lum qildi.

Tashkilot a'zolarining so‘zlariga ko‘ra, dunyo “yangi propaganda erasi”ga qadam qo‘ymoqda. Bunda zamonaviy texnologiyalar zarur ma'lumotlarni tez va nisbatan arzon tarqatilishga imkon beradi. Tashkilot bergan ma'lumotlar bo‘yicha, aksariyat davlatlari reytingning birinchi yuztaligiga kirgan bo‘lsa ham, Lotin Amerikasida vaziyat keskin yomonlashgan.

«Chegara bilmas muxbirlar»ning hisobotidagi reyting 180 qatordan iborat bo‘ldi. Tashkilot eng erkin mamlakatlar qatoriga Finlyandiya, Niderlandiya va Norvegiyani kiritgan. Turkmaniston, Shimoliy Koreya va Eritreya esa matbuot erkinligi chegaralangan davlatlar qatoriga qo‘shildi.

«Chegara bilmas muxbirlar» so‘nggi yillarda ko‘plab siyosiy rahbarlar matbuotga tayziqni kuchaytirgan deb hisoblaydi. Xususiy OAV esa borgan sari ko‘proq yirik korporatsiyalar ta'siriga tushib qolmoqda.

Reyting «Chegara bilmas muxbirlar» tomonidan 2002 yildan buyon har yili chop etiladi. Uni tuzishda plyuralizm darajasi, mustaqil OAV soni, qonuniy chegaralar, xolisik, senzura va o‘z-o‘zini senzura qilish kabi ko‘rsatkichlar inobatga olinadi.