Sport | 18:08 / 20.04.2016
1661
1 daqiqa o‘qiladi

«Real» Ronalduga yangi shartnoma taklif qildi

«Real» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbolchilik faoliyatining oxiriga qadar «Real»da qolishi mumkin.

El Confidencial nashri ma'lumotiga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi madridliklar jamoasi prezidenti Florentino Peresom bilan o‘z shartnomasi muddatini 2020 yilgacha uzaytirish xususida muzokara boshlagan.

Ronalduning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning yoziga qadar tuzilgan. Portugaliyalik futbolchi «Real» yetakchisi hisoblanadi. Lekin keyingi vaqtlarda unga «PSJ» va «Manchester Yunayted» jamoalaridan qiziqish borligi ma'lum qilingandi.

Biroz oldinroq esa hujumchi «PSJ» jamoasi rahbari Nosir Al-Helayfi bilan parijliklar jamoasiga o‘tish bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.