Google Android’ning bozordagi raqobatni oshira olishini isbotlashga tayyor
Google kompaniyasi Android operatsion tizimi bozorni yanada raqobatbardosh qilishiga ishonadi va Yevrokomissiya uchun buni isbotlab berishga tayyor. Bu haqida RIA «Novosti» Google kompaniyasining katta vitse-prezidenti va bosh maslahatchisi Kent Volkerga tayangan holda xabar berdi.
Yevrokomissiya kompaniyani Yevropa Ittifoqining monopoliyaga qarshi qonunchiligini buzgan, deb hisoblamoqda. Sababi, Google o‘z komponentlarini o‘rnatishni talab qilgan. Yevrokomissiya fikricha, bu holat boshqa operatsion tizim bilan ishlaydigan qurilmalar savdosiga to‘sqinlik qilmoqda.
«Android ochiq kod va innovatsiyaga ega DT asosida ajoyib, eng muhimi, barqaror ekotizimni rivojlantirishga yordam berdi. Biz Yevrokomissiya bilan hamkorlik qilishdan xursand bo‘lamiz va Android raqobatni rag‘batlantirishi va foydalanuvchilarga keng imkoniyatlar berishini isbotlab berishga tayyormiz», — qayd etdi Volker.