O‘zbekiston | 23:23 / 20.04.2016
2364
2 daqiqa o‘qiladi

JV MAN Auto Uzbekistan kompaniyasi YeOII bozorlariga chiqmoqda

JV MAN Auto Uzbekistan O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma korxonasi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlari uchun yuk samosvallari ishlab chiqarish uchun ma'qullash sertifikatini oldi. Bu haqda uzdaily.uz nashri xabar bermoqda.

"O‘zstandart" agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Qozog‘iston texnik tartibga solish va metrologiya qo‘mitasi JV MAN Auto-Uzbekistan kompaniyasiga katta yukli avtotransport vositalarini (samosval) seriyali ishlab chiqarish uchun ma'qullov taqdim qildi.

Kompaniya bu ma'qullovni 3 yillik muddatga oldi. Bu hujjat qo‘shma korxonaning YeOII davlatlari bozorlariga chiqishini ta'minlaydi.

Transport vositalari turini ma'qullashni tezlatish va o‘z vaqtida rasmiylashtirish maqsadida kompaniya arizalariga ko‘ra, Qozog‘iston tomondan YeOII yagona ro‘yxatida qayd qilingan sertifikatlashtirish bo‘yicha akkreditlangan organlar va sinov laboratoriyalari ro‘yxati taqdim qilindi hamda O‘zbekiston hududidagi sinov poligonida sinovlarni tashkillashtirish taklif etildi.