Jahon | 15:04 / 20.04.2016
1470
1 daqiqa o‘qiladi
Kobuldagi terakt qurbonlari soni 64 nafarni tashkil qilmoqda
19 aprel kuni Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida amalga oshirilgan terakt qurbonlari soni 64 nafarga yetgan. Shuningdek, 347 kishi jarohatlangan. Bu haqda mamlakat IIV matbuot xizmati boshlig‘i Siddiq Siddiqiy ma'lumot bergan.
19 aprel kunining birinchi qismida Afg‘oniston poytaxti Kobul markazida, AQSh elchixonasi joylashgan hududda ro‘y bergan avtomobilgan o‘rnatilgan portlovchi qurilma orqali terakt amalga oshirildi.
Ushbu teraktdan maqsad hududda joylashgan Afg‘oniston xavfsizlik xizmati ofisiga zarar yetkazish bo‘lgan.
Hujum uchun javobgarlikni tolibonlar o‘z zimmasiga olgan.