Mitsubishi o‘z mashinalarining yoqilg‘i sarfiga oid ma'lumotlarni noto‘g‘ri ko‘rsatganini tan oldi
Yaponiyaning Mitsubishi Motors avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi, mamlakatda sotilgan kichik litrajli avtomobillarining yoqilg‘i sarfini qasddan kamaytirib ko‘rsatgan, deb xabar qilmoqda “Interfaks” agentligi kompaniya axborotiga tayangan holda.
Mitsubishi matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, kompaniya sinovlarni qonun talablari doirasida o‘tkazmagan va soxta natijalarni Yaponiya yer, infraqurilmalar, transport va turizm vazirligiga yuborgan.
Umuman, Mitsubishi’ning Nissan uchun ishlab chiqargan 625 ming dona eK Wagon va eK Space, Dayz va Dayz Roox rusumli 4 turdagi kichik litrajli avtomobillari bilan bog‘liq sinov natijalari qalbakilashtirilgan.
Endilikda, Mitsubishi va Nissan ushbu avtomobillar savdosini to‘xtatib, qoidabuzarlik uchun kompensatsiya shartlarini muhokama etishmoqda. Bundan tashqari, Mitsubishi begona ekspertlar ishtirokida maxsus komissiya tuzish niyatida. Shu bilan birga, eksport uchun ishlab chiqarilgan avtomobillar yoqilg‘i sarfi qaytadan tekshirilmoqda.