Jahon | 23:54 / 20.04.2016
1387
1 daqiqa o‘qiladi

Obama Ar-Riyodda Saudiya Arabistoni qiroli bilan muzokaralarni boshladi

AQSh prezidenti Barak Obama Ar-Riyodda Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz al-Saud bilan muzokaralarni boshladi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Ta'kidlanishicha, muzokaralar Saudiya Arabistoni rahbariyati Obamada ishonchli ittifoqdoshni ko‘rmayotgan bir paytda o‘tmoqda. Aeroportda AQSh prezidentini qirolning o‘zi emas, balki pastroq darajadagi amaldor kutib olgani ham bundan darak beradi.

Fors ko‘rfazi tadqiqot markazi tahlilchisi Mustafo Alaniyning aytishicha, Saudiya Arabistonida AQShning avvalgi prezidentlari bilan ham kelishmovchiliklar bo‘lib turgan. "Bu holatda prezident Saudiya Arabistoni uchun nimadir yaxshi narsa qilayotganiga umuman kam ishonmoqdamiz", deb aytdi Alaniy.

Obama bilan birga uchrashuvga Pentagon rahbari Eshton Karter va Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Jon Brennan ham kelgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish