Jamiyat | 21:57 / 20.04.2016
8818
3 daqiqa o‘qiladi

Obid Asomov bo‘lajak kuyovi kamida Alisher Usmonovdek milliarder bo‘lishi kerakligini iddao qildi

Ayrim san'atkorlarning bugungi kunda nimalar bilan mashg‘ulligi, nega ko‘rinmay qolganligi ko‘plab muxlislarni qiziqtiradi. Bugun ko‘rinmay qolgan san'atkorni topish ham unchalik qiyin bo‘lmay qoldi. Ular bugun instagramda ijod qilayotgandek... 

Yaqinda Obid Asomovniing instagramdagi o‘z sahifasiga joylashtirgan oilaviy surati e'tiborimizni tortdi. Rafiqasi, o‘g‘li va qizlari bilan birgalikda tushgan ushbu surat ostiga mag‘rurlik tuyg‘usi bilan “Mening oilam- mening baxtim!!!”, deya izoh qoldirilgan. Ushbu oilaviy suratni tomosha qilgan muxlislar esa o‘z ko‘nglidan kechgan iliq va samimiy tilaklarini izoh tarzida yozib qoldirgan. Kimdir suratdagi Obid Asomovning ijodiga yaxshi baho bersa, yana boshqa birov qiziqchining suratdagi rafiqasi va qizlarining go‘zalligiga ta'rif keltirgan. Shuningdek, ushbu ta'riflar ichida davom etgan ba'zi izohlar ham bizning e'tiborimizdan chetda qolmay, ayrim savollarning tug‘ilishiga sabab bo‘ldi.

Surat ostida izoh yozayotgan muxlislardan biri Obid Asomovning qizini Gollivud aktrisasi Jyessika Albaga o‘xshatdi. Obid Asomov esa ushbu fikrga javoban xazillashib: “Uning otasi qanday chiroyli, xuddi Alen Delonning o‘zginasi”, degan izohni qoldirdi.

Yana bir muxlis: “Mabodo kuyov kerakmasmi”, degan savoliga esa qiziqchi san'atkorimiz balki xazillashib, balki rost, “Kerak! Faqat sharti puli Alisher Usmonovdan kam bo‘lmasin, iloji bo‘lsa!!!!!!”, deya javob berdi.

Qolidirilgan izohlar davomida qozoq millatiga mansub muxlislardan biri Obid Asomovning oilaviy surati ostiga, “Qizlaringizni qozoqlarga bermaysizmi”, deya oddiy, samimiy savol bilan murojaat qilgan. Obid Asomov esa bunga javoban, qozoq shevasida: ”Juuq! O‘zi bir dona kichigi qolgan uyda. Lekin yaxshi qozoq qizi bo‘lsa uylanaman! Yigit so‘zi!”, deya javob bergan.