21:10 / 20.04.2016
1626

OChL, 5-tur. «Bunyodkor» o‘z maydonida «Lahviya»ga yutqazib, muddatidan oldin turnirni tark etdi

Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqich 5-turida «Bunyodkor» Qatarning «Lahviya» klubini qabul qildi.

Uchrashuvda mezbonlar 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Karim Budiaf va Muhammad Muntari 65 va 79 daqiqalarda urgan gollar «Bunyodkor»ni OChLdan chiqarib yubordi.

Ushbu mag‘lubiyatdan keyin «Bunyodkor» 2 ochko bilan muddatidan avval guruhda so‘nggi o‘rinni band etib bo‘ldi. Endi so‘nggi 6-tur o‘yini toshkentliklar uchun rasmiyatchilik maqomida o‘tadi.

Osiyo Chempionlar ligasi, 5-tur
V guruhi
«Bunyodkor»: – «Lahviya» - 0:2
Gollar: 0:1 - 65 Karim Budiaf, 0:2 - 79 Muhammad Muntari.
«Bunyodkor»: Murod Zuxurov, Akmal Shorahmedov, Yuritsa Bulyat, Akrom Komilov, Rustam Ashurmatov, Javlon Ibrohimov, Otabek Shukurov (Shaker Zuagi, 69), Sato Minori, Eldor Shomurodov, Bahodir Nasimov (Shahzod Nurmatov, 46), Doston Hamdamov (Zabihillo O‘rinboyev, 78).
«Lahviya»: 40.Amin Lekomt, 2.Musa, 3.Ahmad Yosir Abdulrahmon, 7.Xolid Mufta, 10.Nam Tae Xi, 11.Muhammad Muntari, 12.Karim Budiaf, 14.Muhammad Tresor, 20.Ali Hassan Afif, 23.Ahmad El Sayid, 70.Ismoil Muhammad.

Top