Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zMTDP tomonidan “Tarixdan sado berguvchi obod go‘shalar” nomli yoshlar aksiyasi o‘tkazildi
O‘zMTDP Yangiobod tuman partiya tashkiloti “Yoshlar qanoti” tashabbusi bilan tuman hududidagi “Xo‘jamushkent ota” ziyoratgohida “Yurtim tarixini o‘rganaman” shiori ostida “Tarixdan sado berguvchi obod go‘shalar” nomli yoshlar aksiyasi o‘tkazildi.
Aktsiya tuman Ma'naviyat targ‘ibot markazi bilan hamkorlikda partiya “Yoshlar qanoti” faollari tomonidan “Xo‘jamushkent ota” ziyoratgohida hashar uyushtirilib, obodonlashtirish ishlari olib borildi. Atrof-muhit tozalanib, yo‘lak chetiga ekilgan atirgullar tagi yumshatildi. Daraxtlarga ishlov berildi,oqlandi, taglari yumshatildi. Gul ko‘chatlari ekildi. Ziyoratgoh maydoni begona o‘t, has-xashaklar, keraksiz chiqindilardan tozalandi.

Aktsiya davomi Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati Sabohat Abdurahmonova yoshlarga ziyoratgoh to‘g‘risidagi rivoyatlarni aytib, ushbu qadamjo to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tdi. Ming yillar o‘tibdiki, karomatgo‘y avliyo yovdan qochib kelib jon saqlagan joydan otilib chiqqan buloqlar Niyat buloq, Murod buloq, Isitma buloq kabi nomlar bilan atalib, xasta ko‘ngillar uchun malham vazifasini o‘tab kelmoqda.
Tumanimizda “Xo‘jamushkent ota” ziyoratgohidan tashqari Havotog‘ qishloq fuqarolar yig‘ini hududida “Changovul ota”, Sarmich QFY hududida “Butatoshvali” kabi ziyoratgoh va “Rustamaziz ota”, “Ko‘kto‘nli ota”, “Qo‘ltiqaziz”, “G‘oyib ota”, “Cho‘qmozorbobo”, “Teshiktosh bobo”, “Changalaziz” kabi o‘ndan ortiq qadamjolarimiz bor- deydi O‘zMTDP Yangiobot tuman partiya tashkiloti raisi Haydarqul Muqimov.