10:06 / 20.04.2016
1700

Palmira Londonda. Trafalgar maydoniga IShID tomonidan vayron qilingan yodgorlik nusxasi qo‘yildi

London shahri meri Boris Jonson Trafalgar maydoniga o‘rnatilgan Palmira yodgorligi nusxasini ochdi. U II asrga oid Palmira tarxidan guvohlik beruvchi Triumfal ark nusxasidir. Ushbu yodgorlikni IShID jangarilari vayron qilgan edi.

Raqamli arxeologiya instituti ishtirokida Italiyada kichraytirilgan nusxada yasalgan Ark nusxasi Buyuk Britaniya poytaxtida 3 kun turadi. Shundan so‘ng, Dubay va Nyu-Yorkka yo‘l oladi. Qayta tiklangan «Ark» — aytish mumkinki, Palmiraning qayta tiklangan qadimgi yodgorliklari timsolidir.

Xabarlarga ko‘ra, rekonstruksiya ishlarida butun dunyodan yetakchi mutaxassislar ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Top