Jamiyat | 17:39 / 20.04.2016
4405
1 daqiqa o‘qiladi

Styuardessalar yo‘lovchilarni bortga kiritish chog‘ida qo‘llarini nega yashirishi ma'lum bo‘ldi

Yo‘lovchilarni samolyot bortiga kiritish chog‘ida styuardessalarning biri qo‘llarini ortiga qilib turadi. Sezgir sayohatchi bu holat diqqat qaratadi. Ba'zilar styuardesslar nimadir yashirayotganidan gumon qilishi mumkin.

Bort kuzatuvchilarining bu kichik sirini bloger va sayohatchi Sergey Anashkevich oshkor qildi.

Ma'lum bo‘lishicha, uchish oldidan styuardessalar yo‘lovchilar sonini aniq bilishlari kerak. Adashib ketmaslik uchun esa shu suratdagidek kliker-hisoblagichdan foydalanishadi.

Bu jarayonga ortiqcha e'tibor tortmaslik uchun ular qo‘llarni orqada tutadi. Ba'zan sanoq hamma o‘z joyiga o‘rnashib olganidan so‘ng olib boriladi, ba'zan ikki martadan: bortga kirish chog‘ida va qator oralab sanab chiqishga to‘g‘ri keladi.