Times Turkiya va Suriya chegarasida yana o‘t ochilgani haqida xabar berdi
Turkiya chegara qo‘shinlari o‘z mamlakatidagi harbiy mojarodan qochib, Suriya-Turkiya chegarasini kesib o‘tishga harakat qilayotgan siriyalik ayollar va bolalarni o‘qqa tutishda davom etmoqda. Bu haqida The Times nashri ma'lum qildi.
Gazeta otib o‘ldirilgan sakkiz nafar suriyalik haqida xabar berdi, ularning hammasi ayollar va bolalardan iborat. Turk chegarachilari jangovar qurollarini ishga tushirgan vaqtlarida suriyalik qochoqlar guruhi kontrabandistlar foydalanadigan tog‘ yo‘li orqali chegarani kesib o‘tmoqchi bo‘lgan.
"Ular qurolsiz kishilarni o‘ldirishmoqda. U yerda quroldan yaralangan bir kichik qizcha bor edi, biz unga tun botgunga qadar imkoniyatimizdan ortiq hech narsa qila olmadik. Yoshi katta erkak va ayol yo‘qolib qolishdi. Hoynahoy, ularni ham otib tashlashgan", - deya xabar berdi chegaradan eson-omon o‘tib olgan halablik huquqshunos Abdumunim Kashkash.
Bundan avval turk chegarachilari tomonidan 16 nafar suriyalik qochoqning otib o‘ldirilgani haqida xabar berilgandi.