Vashingtondagi kosmonavtika muzeyida Gagarin byusti o‘rnatildi
Vashingtondagi aviatsiya va kosmonavtika muzeyi o‘zining kolleksiyasiga insoniyat tarixidagi birinchi fazogir Yuriy Gagarinning shlem va skafandrdagi bronzadan ishlangan byustini oldi. Haykalning tantanali topshirilish marosimi 1961 yil 12 aprelda fazogirning "Vostok-1" koinot kemasidagi tarixiy parvozining 55 yilligiga bag‘ishlandi. Byust muzeyning Vashington chetidagi shahardagi filialida doimiy ekspozitsiyaning bir qismi bo‘ladi. Haykalni ukrainalik haykaltarosh Aleksey Leonov yasagan.
Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Sergey Kislyak Rossiya va AQShning birgalikda ish tajribasi "koinotni tadqiq qilish, bir-biriga yordam berish uchun birgalikdagi missiya va dasturlarni gohida o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib amalga oshirishdagi yutuqlarni ko‘rsatishini" ta'kidlab o‘tdi. "Bu yosh avlodlarga birgalikda qancha ko‘p ishni qilish mumkinligini ko‘rsatadi", deb aytdi Kislyak va bunga koinot borasidagi hamkorlikni misol qilib ko‘rsatdi. U "munosabatlarni ayiruvchi emas, balki birlashtiruvchi narsa atrofida qurishga" chaqirdi.
Muzey direktori o‘rinbosari Rojyer Lounis byustni "ajoyib sovg‘a" deb atadi va "uni qo‘z qorachig‘idek saqlash"ga va'da berdi hamda bu buyust "muzey kolleksiyasini yanada boyroq qilishiga" ishonch bildirdi.
Aviatsii va kosmonavtika milliy muzeyi Vashingtondagi eng yirik muzeylardan hisoblanadi. Byust muzeydagi Yuriy Gagarin bilan bog‘liq birinchi eksponat emas. Muzeyda Rossiya va Sobiq ittifoq kosmonavtikasining 400 ta rariteti orasida insoniyatning koinotga birinchi parvozi mashg‘ulotlarida foydalanilgan skafandr, pochta markalari, 1975 yilda AQSh va Sobiq ittifoqning koinot kemalari tutashgandan keyin chiqarilgan "Soyuz-Apollon" sigareti pachkasi, rossiyalik fazogirlarning suratlari, ko‘plab hujjatlar va fotosuratlar bor.