Sport | 20:44 / 20.04.2016
1505
1 daqiqa o‘qiladi

Venger «Arsenal»dan ketmoqchi emasligini ma'lum qildi

«Arsenal» bosh murabbiyi Arsen Venger yozda jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. U mavjud shartnomasini oxirigacha o‘tash niyatida ekanini aytgan. Ushbu mutaxassis bilan kelishuv 2017 yilning yoziga qadar amal qilishi mo‘ljallangan.

«Men hamisha o‘z shartnomamga hurmat bilan qaraganman. Lekin bu savolga qaytishni istamayman. Mendan yozda ketishim mumkinligini so‘ramang. Bu savolning javobi aniq», — deya Vengerning so‘zlarini keltiradi The Mirror nashri.

Venger joriy mavsumdagi natijalar tufayli muxlislar bosimi ostida qolmoqda.

Biroz oldinroq, «Vest Bromvich»ga qarshi o‘yinda «Arsenal» stadioniga muxlislar tashrifi bo‘yicha antirekord qayd etilishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.