Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 14:51 / 20.04.2016
4280
1 daqiqa o‘qiladi
Vin Dizel “Forsaj-8”da yolg‘iz ishtirok etishini feysbukda bildirdi
Amerikalik “qahramon” aktyor Vin Dizel o‘zining feysbukdagi sahifasida “Forsaj-8”ning “yakka-yolg‘iz” posterini namoyish etdi.
“Forsaj”ning sakkizinchi qismi vafot etgan Pol Uoker ishtirok etmaydigan birinchi film. Yangi posterda Dizel hamkasbining yo‘qligiga urg‘u berish niyatida yolg‘iz suratga tushgan.
“Oldinda yangi yo‘llar kutmoqda”, — deydi u.
Uoker 2013 yilda olamdan o‘tdi. Yettinchi “Forsaj” ustida olib borilayotgan ishlar davom etgan va kartina 2015 yili kinoprokatga qo‘yildi. Film 1,5 milliard dollar foyda keltirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish