Jamiyat | 22:04 / 20.04.2016
2998
2 daqiqa o‘qiladi

Xonanda Shahriyor “Tarona”dan haydalganini inkor etdi

Estrada qo‘shiqchiligi san'atining rep janrida ijod qilishni Shohruxdan keyin boshlagan Shahriyor “Bekajon” gazetasida bergan intervyusida ijodiy tanaffusning sabablari, “Tarona”dan nega ketganligiga izoh berdi.

Shahriyor 1989 yil Samarqand shahrida tug‘ilgan. O‘zining aytishiga qaraganda Shahriyorni ilk marotaba yuzaga chiqargan “Sevimli ijrochi” loyihasi bo‘lib, 2002 yildan Samarqand “Yoshlar markazi” qoshidagi ushbu loyihada qatnasha boshlaydi.

2005  yil Samarqandda bo‘lib o‘tgan “Rep festivali”da Surat Karimov va “Tarona”ning vakillari ham mutasaddilar qatorida bo‘lib, festival yakunlangach Shahriyor rep yo‘nalishidagi yangi loyihaga taklif qilindi. 

—  Bir hafta o‘tgach, poytaxtga yo‘l oldim. Bu yerdagi kurash oson kechmadi. Raqobat kuchli edi. Ammo ular...

Kompaniyadan ketishimga hech qanday sabab bo‘lmadi. Shunchaki shartnoma muddati tugadi, xolos. Men ham yakuniy xulosaga keldim va o‘zim mustaqil ravishda ijod qilishni istadim. Men u yerda hech kim “turtkilagani” yo‘q. Ehtimol, kelajakda yana bu kompaniya bilan hamkorlikda ishlarmiz. Ijodiy tanaffusning sababi, hayotimda juda ko‘p voqealar ro‘y berdi. Ko‘p narsalar o‘zgardi... Ijodimni boshqatdan boshlash, yangi qarorlar qabul qilishim uchun shu kungacha bo‘lgan ijodimni bosib o‘tgan yo‘llarimni sarhisob qilishni istadim. Shu bir oz vaqt talab qildi.