22:01 / 20.04.2016
11925

XXVI Respublika qorilar ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Bugun, 20 aprel kuni Toshkent shahridagi “Xo‘ja Alambardor” jome masjidida “26-qorilar ko‘rik tanlovi”ning Respublika bosqichi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi barcha diniy ta'lim muassasalari va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti talabalari ishtirok etishdi, deb xabar bermoqda Ziyouz.uz.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, rais o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansur boshchiligidagi hakamlar hay'ati baholab borgan ushbu bellashuvda quyidagi qori va qoriyalar g‘olib bo‘ldilar:

Murattab qorilar yo‘nalishi
Oliy o‘rin — Saydullo Tohirov, Toshkent islom instituti talabasi,
A'lo Nuriddinov, Toshkent islom instituti “Tahfizul Qur'on” kafedrasi talabasi.
1-o‘rin — Abdulbasir Kamolov, “Ko‘kaldosh” islom o‘rta maxsus bilim yurti talabasi.
2-o‘rin — A'zamjon Abduhalimov, “Sayyid Muhyiddin maxdum” islom o‘rta maxsus bilim yurti talabasi.
3-o‘rin — Sherzod Umaraliyev, Toshkent islom universiteti talabasi.

Murattab qoriya qizlar yo‘nalishi
1-o‘rin — Habiba Kamolitdinova, “Xadichai Kubro” o‘rta maxsus ayol-qizlar islom bilim yurti tolibasi.
2-o‘rin — Nazokat Saydullayeva, Toshkent islom instituti tolibasi.
3-o‘rin — Muborak O‘rinova, “Jo‘ybori Kalon” o‘rta maxsus ayol-qizlar islom bilim yurti tolibasi.

Mujavvid qorilar yo‘nalishi
1-o‘rin — Asadullo Ro‘ziyev, “Faxriddin Roziy” islom o‘rta maxsus bilim yurti talabasi.
2-o‘rin — Husan Xidirboyev, Toshkent islom instituti “Tahfizul Qur'on” kafedrasi talabasi.
3-o‘rin —Ahmadullo Abduhalimov, “Sayyid Muhyiddin Maxdum” islom o‘rta maxsus bilim yurti talabasi.

Mujavvid qoriya qizlar yo‘nalishi
1-o‘rin — Soliha Sattorova, Toshkent islom instituti tolibasi.
2-o‘rin — Shahnoza Yahyoyeva, “Jo‘ybori Kalon” o‘rta maxsus ayol-qizlar islom bilim yurti tolibasi.
3-o‘rin — Maryam Shuhratova, “Xadichai Kubro” o‘rta maxsus ayol-qizlar islom bilim yurti tolibasi.

Top