Yangi zelandiyalik politsiyachilar marixuanani shaharning o‘zida yoqib yuborishdi
Yangi Zelandiyaning Tereynji shahri politsiya mahkamasi, musodara qilingan giyohvand moddalar (marixuana)dan bo‘limning o‘zida qutilib qo‘yishga qaror qilgan. Ular, marixuanani bo‘lim hududida yoqib yuborishgan.
Ammo, giyohvand moddalar yoqilayotgan pechka mo‘risidan ko‘tarilayotgan zaharli tutun okrug bo‘ylab tarqalgan.
Radioboshlovchi Adam Grin ushbu voqeaga guvoh bo‘lganida, politsiya bo‘linmasi yaqinidagi do‘konda edi. U, marixuana tutuni hidini sezib, politsiya mahkamasidagi mo‘ridan chiqayotganini tushungan va olingan videotasvirlarni instagramdagi sahifasida e'lon qilishga qaror qilgan.
Mahalliy politsiya rahbari Vorvik Morexu marixuanadan qutilish uslubi nomaqbul ekanini tan olib, kelgusida huquq-tartibot idoralari giyohvand moddalarni shahar tashqarisida yoqishiga va'da bergan.