O‘zbekiston | 18:35 / 21.04.2016
3228
2 daqiqa o‘qiladi

“Toshkent” xalqaro aeroportida yangi Business Lounge “Uzbekistan airways” ishga tushirildi (foto)

“Toshkent” xalqaro aeroportida amalga oshirilgan ta'mirlash ishlaridan so‘ng “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK va boshqa aviakompaniyalarning yo‘lovchilari uchun yangi Business Lounge “Uzbekistan airways” ishga tushirildi. 

Yangi Business Lounge “Uzbekistan airways”ni loyihalashtirishda zamonaviy axitektura texnologiyalaridan foydalanildi. Bu yer yo‘lovchilar va yuklarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun jahon standartlariga javob beradigan texnika qurilmalari bilan ta'minlandi.

Kutish zali 350 kv.m. bo‘lib, 160 o‘ringa mo‘ljallangan. Yo‘lovchilar uchun esa turli qulayliklar yaratilingan. Bunga misol qilib, o‘yingohdan iborat ona va bola xonasi, yuvinish xonasi, tibbiyot punkti va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Yo‘lovchilar xizmatida turli xil taom va ichimliklardan iborat kafe-bar ishlamoqda.

Bundan tashqari, o‘z parvozlarini kutayotgan yo‘lovchilar qulay mebellarda katta hajmli teleekranlardan, tekin Wi-Fi xizmatidan va matbuot nashrlaridan foydalanishlari uchun imkoniyat yaratildi. Yangi Business Lounge “Uzbekistan airways”da imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar uchun alohida sharoitlar qilindi.

Bu islohotlar oqibatida O‘zbekistonga keladigan sayyohlar sonining oshishiga xizmat qilishi kutilmoqda.