2016 yilning 1-choragida O‘zbekistonda korxonalar soni 20546taga yetdi
2016 yilning yanvar-mart oylarida yangi ro‘yxatga olingan korxonalar va tashkilotlar soni 20546tani tashkil etib, shundan 8480tasi kichik tadbirkorlik (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) sub'ektlaridir. Hududlar kesimida yangi tashkil etilgan korxonalar va tashkilotlarning 2141tasi Toshkent shahri, 2783tasi Jizzax, 2446tasi Farg‘ona, 2340tasi Toshkent, 1727tasi Qashqadaryo, 1649tasi Samarqand, 1266tasi Namangan, 1218tasi Surxondaryo, 1048tasi Andijon, 807tasi Sirdaryo, 775tasi Buxoro, 700tasi Xorazm, 609tasi Navoiy viloyatlari va 1048tasi Qoraqalpog‘iston Respublikasiga to‘g‘ri keladi.
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida yangi tashkil etilgan korxonalar va tashkilotlarning 12786tasi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, 2614tasi sanoat va qurilish, 2076tasi savdo hamda 3070tasi boshqa faoliyat turlarida tashkil etildi.
2016 yil 1 aprel holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning (fermer va dexqon xo‘jaliklarisiz) umumiy soni 261,9 mingtani tashkil etib, shundan 211,4 mingtasi kichik tadbirkorlik sub'ektlari hisoblanadi.