21:22 / 21.04.2016
2219

«Barselona» kelajakdagi «Kamp Nou» videosini namoyish etdi

«Barselona» jamoasi «Kamp Nou» stadionining rekonstruksiya qilinishi va keyingi holati tasvirlangan videotaqdimotni o‘tkazdi.

Stadionning yangi dizayni bilan Yaponiyaning NIKKEN SEKKEI + Joan Pascual i Ramon Ausió Arquitecte kompaniyasi shug‘ullanadi.

Jamoa rahbariyati stadionni qayta ta'mirlash orqali uning sig‘imini 105 ming kishilik qilishni rejalashtirishgan. Buning uchun 500 million funt sarflanishi hisoblab chiqilgan.

«Barselona» jamoasi rekonstruksiya ishlari jamoa o‘yinlari o‘tkazilishiga ta'sir ko‘rsatmasligini, ishlar parallel ravishda olib borilishini ma'lum qilgan.

Rekonstruksiya ishlari 2017 yilda boshlanishi va ishlar 2021-22 yillar mavsumi arafasida tugallanishi rejalashtirilgan.

Top